Asosiy islohotlar

26 yillik avtoritar boshqaruvdan so’ng, 2016 yilda Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Prezidenti etib saylandi. Sobiq Sovet respublikasi o’zgarishga tayyor edi. Prezident Mirziyoyev ushbu imkoniyatdan foydalangan holda zudlik bilan O’zbekiston rivojlanishi borasidagi yangi qarashlarini aniqlab oldi.
Uning g’oyalari oxir-oqibat mamlakatni yanada yuksak demokratik erkinliklar tomon ochib berdi, uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan fuqarolik va inson huquqlari muammolari o’z echimini topdi, infratuzilmani rivojlantirish hamda siyosat, dasturlar va tizimlarni isloh qilish orqali iqtisodiyot jadal rivojlana boshladi.
2017 yil fevral oyida besh yillik reja sifatida “2017/2021 harakatlar strategiyasi” rasmiy ravishda e’lon qilindi. U O’zbekistonni jadallik bilan rivojlanishiga turtki berdi hamda 33 million aholining hayotini yaxshilanishiga xizmat qildi.
Boshqa ikkita muhim hujjatlar – “Sud-huquq tizimini isloh qilish dasturi” va “Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi” hukumatning o’z xalqiga bo’lgan munosabatlarini tubdan o’zgartirib yubordi.
Umumiy qilib aytganda, Mirziyoyevning islohotlar dasturi atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv masalalari bo’yicha hisobot (“ESG”) bilan bog’liq bo’lgan oltita muhim yo’nalishlarga qaratilgan.
Islohotlarning oltita yo'nalishi
1
Fuqarolik jamiyati / inson huquqlari sohasidagi islohotlar
O’zbekistonda erkinlik doimiy yuksalishda ketmoqda. Prezident Mirziyoev tomonidan olg’a surilgan yangi g’oyaga asosan atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv (“ESG”) masalalari bilan bir qatorda inson huquqlarini qo’llab-quvvatlaydigan fuqarolik jamiyati yaratilmoqda. Hukumat zulm qilish manbai bo’lib xizmat qilmasdan, balki huquqlarning himoyachisi va kafiliga aylanmoqda.
Prezident va Hukuram so’z va matbuot erkinligi, gender tengligi va diniy bag’rikenglikni ta’minlamoqdilar, shu bilan birga respublikada bolalar mehnati, majburiy mehnat, majburlash, qiynoqlar va odam savdosi hamda boshqa huquqbuzarliklarga barham berilmoqda.
Prezident Mirziyoyevning chora-tadbirlar rejasidagi eng ustuvor yo’nalishlardan biri 4 yildan kam muddatda paxta yig’im-terimida majburiy mehnat va bolalar mehnatini yo’q qilish orqali yuqori marralarga erishish uchun mehnat huquqlarini har tomonlama isloh qilish hisoblanadi. 2021 yil 29 yanvardagi Xalqaro mehnat tashkilotining “2020 yil O’zbekistonda paxta terimi davrida bolalar mehnati va majburiy mehnatning uchinchi tomon monitoring” hisobotida majburiy mehnat 2019 yilga nisbatan 33 foizga qisqartirilganligini, yoki 4 foizgacha kamayganligini ko’rsatmoqda. Hisobot 2020 yilgi paxta yig’im-terimi paytida mamlakatning barcha hududlarida sifatli va miqdoriy ma’lumotlarni to’plagan holda 1,8 million paxta terimchilari vakillari bilan 9000 ta suhbat o’tkazish natijalariga asoslangan.
2
Boshqaruv va sud islohotlari
Ushbu yangi erkinliklarga erishish uchun O’zbekiston o’z ish uslubini o’zgartirish yo`lida yuqori qadamlar tashladi. Mamlakat saylovlari va namoyishlarda katta raqobat paydo bo’ldi. Hokimiyatni qayta taqsimlash Prezident vakolatidan ajralgan holda Hukumat vazifasi sifatida qaraldi. Hokimlar Prezident tomonidan tayinlanmasdan, to’g’ridan-to’g’ri xalq tomonidan saylana boshlandi. Odamlar nafaqat har qachongidan ham ko’proq ovozga ega bo’ldilar, balki ularning saylagan amaldorlari ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishni rag’batlantirish uchun amaliy choralar ko’ra boshladilar. Vakillar o’zlariga biriktirilgan mahallalarda bo’lgan aholini ko’rish va ular bilan uchrashish, ularning muammolarini hal etish uchun manzilli ish tashkil qildilar.
2016 yildan 2020 yilga kelib, mamlakatga mustaqil va xalqaro ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda yuzlab yangi nodavlat notijorat tashkilotlari kirib kelishiga yo’l ochildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi cheklovlar olib tashlandi hamda fuqarolar o’zlarining shaxsiy fikrlari va qarashlari bilan jamoat oldidagi ommaviy suhbatlarda erkin ishtirok eta boshladilar. Ushbu muhim o’zgarishlarning barchasi qonunlarni raqamlashtirish va soddalashtirish orqali institutsionalizatsiya qilindi. Bu borada, boshqaruv tuzilmalarini takomillashtirish, sud tizimining shaffofligini oshirish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquqbuzarliklarni yetarli darajada jazolash imkoniyatlarini oshirishdagi ko’rilgan choralar hozirgacha amal qilib kelmoqda.
3
Qishloq xo'jaligidagi islohotlar
Garchi O’zbekiston foydali qazilmalar va tabiiy gazning yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblansa-da, qishloq xo’jaligi mahsulotlari mamlakatning asosiy eksport tovarlaridan biridir, xususan paxta yetishtirish yuqori o’rin egallaydi. Yillar davomida hukumat ishlab chiqarish vositalarini sovet uslubida nazorat qilib, kvotalar, narxlar va ish haqini belgilash, yer, suv, urug’, o’g’itlarni taqsimlash, barcha yuk tashish tizimini nazorat qilish hamda eksport operatsiyalari o’z boshqaruvida saqlab keldi.
Mirziyoyev rahbarligii ostida xususiylashtirish jarayonlari joriy qilindi, unda hukumatning avvalgi funksiyalarini o’z zimmasiga olgan “paxta klasterlari” tizimi investorlar va biznes vakillari tomonidan yaratildi. Hozirgi kunda, klasterlar fermerlar bilan shartnomalar tuzish borasida raqobatlashmoqdalar. Bu esa o’z navbatida, fermerlarga qanday ekinlarni ekish va yetishtirish, xarajatlarni qay tarzda baholash va hosilni yig’ish uchun narxlarni qanday shakllantirish borasida ko’plab tanlovlarni taqdim etadi. Endi ishchilar dalada ishlashga majbur qilinmayapti, kvotalar esa bekor qilinmoqda. Sohada vujudga kelgan raqobat qishloq xo’jaligiga katta miqdordagi sarmoyalarni jalb qilish, ekinlarni diversifikatsiya qilish hamda zamonaviy qishloq xo’jaligi texnologiyalarini joriy qilishni rivojlantirish bilan birga mahsuldorlikni oshirishga imkon yaratdi.
4
Biznes va iqtisodiy islohotlar
O’zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish oson vazifa emas. Ammo, mazkur islohotlar dasturini odamlarga o’zlarining moliyaviy erkinliklariga ega bo’lish uchun imkoniyat yaratadigan iqtisodiyotni rivojlantirmasdan muvaffaqiyatli amalga oshirib bo’lmaydi. Jahon miqyosidagi tabaqalanish natijasida yuzaga kelgan o’tgan o’n yillik turg’unlikdan chiqish maqsadida, O’zbekiston savdo va investitsiyalar sohalarida yangi imkoniyatlar ochib berishga qaratilgan targ’ibot ishlarini boshladi. Ushbu jarayonlar eksport nazoratini yumshatish, hukumat orqali eksportga bo’lgan talablarni olib tashlash va eksport tushumlarining hukumatga xorijiy valyutadagi ulushini oshirish kabilar bilan boshlandi. Yagona valyuta kursi va xususiy valyuta ayirboshlash xizmatlari uchun ruxsat berilishi investorlarga yanada barqarorlik va ishonchni mustahkamlanishiga zamin yaratdi. Soliq kodeksini soddalashtirish va soliqlar yukini kamaytirish orqali korxonalar uchun keng miqyosda raqobatlashishni yanada osonlashtirdi. Keyinchalik, iqtisodiyotning kelajakdagi rivojida asosiy ahamiyat kasb etadigan yoshlar uchun ish o’rinlari yaratishga hamda ularni o’qitishga katta ahamiyat berildi. Bularning barchasi xalqaro investitsiya hamjamiyati tomonidan tez orada yuksak baholandi va katta qiziqishlarga sazovor bo’ldi. Biroq, asosiy o’zgarish – hukumatni asosiy markaziy bo’gin sifatida qaramasdan, uni faqat nazorat va ijro etuvchi organ ekanligi, davlat korxonalarini xususiylashtirish bo’ldi.
5
Atrof-muhit bo'yicha islohotlar
Atrof-muhitni boshqarish ham islohotlar tarkibidagi birinchi masala sifatida ko’tarildi. O’zbekiston – o’zgaruvchan iqlim natijalarini allaqachon boshidan kechirgan davlat. Bir paytlar yer yuzidagi to’rtinchi yirik suv havzasi hisoblangan Orol dengizi asl hajmining 10 foizigacha kamaydi hamda butun mintaqadagi jiddiy muammoga aylandi. Sovet davridagi mega-loyihalar doirasida cho’l zonalarini sug’orish maqsadida oqayotgan daryolarni boshqa tomonga yo’naltirish hisobiga muammo yanada kuchayib bordi. O’zgarish shunchalik dramatik bo’ldiki, dengizning sharqiy havzasi quridi va Aralkun cho’li nomi bilan tanildi. Ushbu muammoni yechimini to’pish uchun O’zbekiston texnologiyalarni takomillashtirish, “yashil” echimlarni ishlab chiqish, sug’orish tizimida innovatsion yondashish, suvdan oqilona foydalanish, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun investitsiya mablag’lari ajratish kabi keng miqyosdagi amaliy harakatlarni amalga oshirmoqda.
6
Infratuzilmani isloh qilish
Xuddi shu yo’nalishlar bo’yicha mamlakat infratuzilmasi nafaqat o’zgarishlarning katalizatori sifatida qaralishi mumkin, balki mazkur o’zgarishlarning jismoniy ko’rinishi ifoda etadi. So’nggi yillarda hukumat qazib olinadigan yoqilg’iga qaramlikni kamaytirgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalariga xususiy sarmoyalarni jalb qilishni rag’batlantira boshladi. Quyosh va shamol elektr stansiyalarining soni va hajmi tobora o’sib bormoqda. Dengizga chiqish imkoniyatida to’siqlar mavjud mamlakat sifatida, O’zbekiston tovarlarni tashqi bozorga olib chiqishda o’z transport tizimiga o’ta bog’liqdir. Xalqaro savdo hajmi o’sishi bilan yangi yo’llar, ko’priklar, tunnellar va temir yo’llarga ehtiyoj ortmoqda. Katta qurilish va rivojlanish loyihalari tranzitni osonlashtiradi hamda yangi ish o’rinlarini yaratadi. Infratuzilmani rivojlantirish uchun ushbu sarmoyalar butun jamiyat uchun manfaat keltiradi. XXI asrda mamlakatni qayta qurish tom va majoziy ma’nolarda uzoq muddatli iqtisodiy yuksalish uchun zamin yaratadi.