O'zbekiston paxta islohoti

O'zbekiston paxta islohoti

Amaliy o'rganish: O'zbekiston paxta terimidagi tizimli majburiy mehnatni bekor qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligidagi O’zbekiston Respublikasi uchun islohotlarning eng muvaffaqiyatli yo’nalishlaridan biri bu O’zbekiston paxta terimida majburiy mehnatni bekor qilishdir. Muammo yillar davomida tizimlashgan suiste’molchiliklar oqibatida rivojlanib borgan. U shu qadar mustahkamlanib qolganki, unga barham beruvchi o’zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, uni bartaraf qilish o’ta qiyin yoki umuman imkonsiz hisoblangan.

2016
yilgi Mirziyoyev inson huquqlariga ustuvor ahamiyat qaratmoqda

U 2016 yilda saylanganida, Prezident Mirziyoyev inson huquqlarini islohotlar kun tartibidagi birinchi masala sifatida e’tirof etdi. Avvalo uning qarashlarida mamlakat uchun majburiy mehnatni qisqartirish masalasi bo’ldi. U 2017 yilda BMT Bosh Assambleyasida ta’kidlaganidek, hukumat xalq uchun ishlashi kerak, aksincha emas. Muammoni hal qilish uchun taklif qilingan echim kontseptual jihatdan sodda, biroq bajarilishida murakkabdir: ayrim davlat korxonalarini xususiylashtirish. Amalga oshirishdan ko’ra osonroq yangrashi mumkin.

2017
Islohotlar amalga oshirilishining besh yillik "Harakatlar rejasi"

Shunga qaramay, Prezident va Parlament tomonidan aniq va qat’iy choralar ko’rildi. Ushbu harakatlar uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan muammoni juda samarali va nisbatan qisqa vaqt ichida qayd etdi. Prezidentning bir qator yangi farmonlari va qarorlari mamlakatda paxta etishtirish tizimini tubdan o’zgartirdi. Xususiy biznes avvallari hukumat taqdim etgan asosiy funktsiyalarni qabul qilib oldi. Xalqaro monitoring va hisobot tizimi joriy qilindi hamda qoidabuzarliklar uchun jazolar sezilarli darajada oshirildi. Bugungi kunda mazkur amaliyot nafaqat noqonuniy hisoblanadi, hatto jinoiy javobgarlikkacha tortiladi va ijro etilishi qat’iydir. Shu bilan birga, bir qator inson huquqlari himoyachilari bu institutsional ravishda mavjud emasligini qayd etadilar, ammo ular qonunbuzarliklarni bartaraf etish va ularning takrorlanmasligini ta’minlash uchun qo’shimcha choralar ko’rish talab etilishini ta’kidlaydilar.

"O'ylaymanki, biz O'zbekiston tajribasida inson huquqlari va asosiy erkinliklarni to'laqonli himoya qilish bo'yicha juda muhim qadamlarni ko'rdik, bu esa o'z navbatida, Markaziy Osiyoning barcha hududlarida erkinliklarni yanada mustahkamlashga yordam bermoqda."

Majburiy mehnat tarixi

Tarixga nazar solinsa, 1992-yilda mamlakat Sovet Ittifoqidan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqqanida paxta tolasi exporti O’zbekiston jami eksportining 90 foizini tashkil etgan edi. Shuningdek, u YaIMning 10 foizini tashkil etgan. Bu yangi mustaqil davlat tomonidan qabul qilingan va hali o’z yo’lini topa olmagan qishloq xo’jaligiga asoslangan strategiya edi. Ushbu Dastur samaradorlik va daromadlarni maksimal darajada oshirish jihatidan qat’iy ravishda tartibga solingan. Davlat ishlab chiqarish vositalarini sovet uslubida boshqargan. U erga egalik qildi, urug’larni, o’g’itlarni va suvni o’zi taqsimlab berdi. O’zbekistonda etishtirilgan paxta hosilining har bir bo’lagini bozorga hamda eksport uchun yo’naltirish hukumat tomonidan amalga oshirildi.

Afsuski, tizimning salbiy tomonlari bor edi. Bu O’zbekistonni yagona hosilga haddan tashqari qaram bo’lishiga majbur qildi. Shuningdek, bu suv tanqis bo’lgan mintaqada nisbatan suv talab qiladigan ekin uchun lalmi erlarda turli qiyinchiliklarni tug’dirdi. Bundan tashqari, eksport bozori qisqara boshladi. G’arb dunyosi hukumat tomonidan o’rnatilgan maqsadli ko’rsatkichlarni bajarilishini ta’minlash uchun mavjud tizim bolalar mehnati va majburiy mehnatga asoslanganligini ko’ra boshladi.

"Paxtachilik klasterlari" mamlakatni xususiylashtirishga o'zgartiradi

2017 yilda eski tuzumni isloh qilish hamda uni yangisiga almashtirish strategiyasini amalga oshirish mohirona, tizimli va samarali kechdi. Dastlab bitta kichik hududda “paxtachilik klasterlari”ni joriy etildi, uning faoliyatini samarali tashkil etish bo’yicha dasturlar qabul qilindi. O’zbekistondagi paxtachilik klasteri konsepsiyasi sohani xususiylashtirishning yagona usuli edi. Klasterlar fermerlarni kapital va turli ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydigan shaxslar, korxonalar va investorlar guruhlaridan tashkil topdi. Fermerlar davlatga qaram bo’lmasdan, paxta yetishtirish uchun zarur bo’lgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun klasterlar bilan to’gridan-to’gri shartnomalar tuzdilar.

Birinchi sinov dasturi 2017 yilda samarali amalga oshirildi. 2018 yilda ushbu tashabbus respublikaning yanada ko`proq hududlarida amalga oshirildi. 2018 yilda u keng miqyosda ishlashni boshlagandan so’ng, paxta klasteri dasturi 2019 yilga kelib milliylashtirildi. Davlatning aralashuvi mazkur tizim tarkibida asta-sekin kamaya boshladi. Bu esa ishchi va xizmatchilarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha nazorat rolining hamda qonunlar ijrosining mustahkamlanishini ta’minladi.

O'ZBEKISTONDA PAXTA ETISHTIRISH

AVVAL-2016
2017-HOZIRGACHA

2019
XMTning hisoboti tizimli majburiy mehnat yo'qligini ko'rsatmoqda

Xalqaro Mehnat Tashkilotining (XMT) eng so’nggi hisobotida – 1919 yilda Versal shartnomasi doirasida tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining uch tomonlama agentligi – respublikada bolalar mehnatiga barham berilganligi va muntazam ravishdagi majburiy mehnat tarixda qolganligini tasdiqladi. 2019 yil so’ngida nashr qilingan ushbu hisobotda O’zbekistonda paxta terimida majburiy mehnat o’tgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga kamayganligi qayd qilingan. Hisobotning xulosasi shuni ko’rsatmodaki, O’zbekistonda majburiy mehnatga butunlay barham berilgan.

2020
Kvotalar bekor qilindi

2020 yilning mart oyida hukumat joylarda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan majburiy mehnatning so’nggi holatlarini yo’q qilish uchun yana bir muhim qadam tashladi. Kvotalarni bekor qilish va narxlarni belgilash siyosati majburiy mehnatni rag’batlantiruvchi asosiy omillar olib tashlanishiga xizmat qildi. Shuningdek, 2019 yilgi O’zbekiston paxta yig’im-terimidan so’ng, mazkur salbiy xatti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortish bo’yicha yangi normativ hujjat qabul qilindi hamda 2020 yildan kuchga kirdi. Xalqaro kuzatuvchilar va inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari qonunbuzarliklarga yo`l qo`yilishi bo`yicha tizimli monitoring olib bordilar. Huquqni muhofaza qilish va tergovni kuchaytirish vujudga kelgan muammolarni qonunchilikka muvofiq tezkorlik bilan hal qilish imkonini berdi. 2020 yilda hukumat ishchilarning eng kam ish haqining keskin o’sishini qo’llab-quvvatladi. Ish haqi 2015 yilga nisbatan 6 baravar oshdi. Yangi qoidalar ishchilarning emas, balki korxonalarning javobgarligini kuchaytirdi. Shu bilan birga, hukumat oshkoralik tamoyiliga asoslangan holda, jamoatchilik tomonidan ko’rib chiqish uchun shaffof hisobot berish choralarini ko’rdi.

Majburiy mehnatni yo’q qilish bilan bir qatorda, olib borilgan tizimli sa’y-harakatlar natijasida ishchilarning erkinliklarini keskin yaxshilandi, ularning daromad manbalari oshirildi, fermerlarga o’z bizneslari ustidan ko’proq nazorat qilish imkoniyatlari yaratildi hamda raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlarni jahon bozorlariga olib chiqish uchun zamin yaratildi.

2020
Paxta yig'im-terimi

Xalqaro Mehnat Tashkiloti 2020 yilgi paxta yig’im-terimi paytida mamlakatning barcha tumanlarida sifatli va miqdoriy ma’lumotlarni to’plagan holda 9000 ta suhbat o’tkazish natijasida “bolalar mehnati muntazam ravishda bartaraf qilindi va bolalar mehnati endi asosiy muammo emas” degan xulosaga keldi. XMT kattalarga qaratilgan tizimli majburiy mehnatga oid hech qanday dalil topmadi, aslida 2020 yilnig o’zida o’zbek davlati paxta ishlab chiqarish davrida bolalar va majburiy mehnatga qarshi kurashishni tezlashtira olgan edi. Bu esa KOVID-19 pandemiyasi tufayli dunyo miqyosida yuzaga kelgan tahlikali muammolarni hisobga olgan holda katta yutuq hisoblanadi.

2020 yilda majburlanishni boshidan kechirgan paxta terimchilarining ulushi 2019 yilga nisbatan 33 foizga qisqardi. Vaqt o’tishi bilan mamlakat bo’ylab katta o’zgarishlar kuzatildi, majburiy mehnat 2015 yilda umumiy paxta terimi ishchilarining 14 foizini tashkil etgan bo`lsa, bu ko’rsatkich 2020 yilda 4 foizga tushdi. XMT 17 ta mustaqil fuqarolik jamiyati kuzatuv guruhlari bilan birgalikda ish olib bordi, tadqiqotlar o’tkazish uchun teng miqdordagi erkaklar va ayollarni jalb qildi hamda turli darajadagi majburiy mehnat belgilarini, shu jumladan jinoyatchilarni jazolanganlik holatlarini kuzatdi.